Jahon | 17:53 / 03.09.2015
3722
2 daqiqa o‘qiladi

Obama alyaskacha raqs ijro etdi

AQSh prezidenti Barak Obama Alyaska xalqlarini raqsini ijro etdi. ABC News’ning xabar berishicha, davlat rahbari Alyaskaga uyushtirilgan uch kunlik safarining yakunida Dillingxemdagi maktabga tashrif buyurgan. O‘quvchilar unga mahalliy xalqlarning raqslari va qo‘shiqlaridan iborat tomosha ko‘rsatishgan.

Bir qancha nomerlardan so‘ng ularning safiga Obamaning o‘zi ham qo‘shilgan.
“Menda amaliyot bor”, - tan oldi AQSh yetakchisi.
Raqs yakunlangach, prezident bu yerga rafiqasi va qizlari bilan yana bir bora kelish niyati borligini aytgan.
“Unga qadar esa biz siz taqdim etgan baliqdan lazzat olamiz. Men lanchga baliq tatib ko‘rdim. U juda yaxshi ekan”, - qo‘shimcha qildi Obama.

Obama ilgari ham jamoat joylarida raqs tushgan edi. Jumladan, Nayrobida Keniya rahbari Uxura Keniata bilan, shuningdek, Pensilvaniyada saylovoldi mitingi chog‘ida raqsga tushgan edi.