Jahon | 10:23 / 03.09.2015
2193
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasini abadiy saqlaydi

Ikkinchi Jahon urushi yakunlanishining 70 yilligiga bag‘ishlangan AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonoti Oq Uy matbuoti tomonidan e'lon qilindi.

Unda AQSh rahbari amerikaliklar Gitler koalitsiyasiga qarshi kurashgan barcha davlatlarning askarlari va oddiy fuqarolari xotirasini saqlashini va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
“Biz Tinch okeanidagi burchlariga javob bergan har ikki jinsdagi amerikalik harbiy xizmatchilar, shuningdek, ular bilan birga xizmat o‘tagan ittifoqchi kuchlariga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi hujjatda.

Ta'kidlashicha, AQSh fuqarolarining bugungi avlodi Ikkinchi Jahon urushi frontlarida kurash olib borgan amerikaliklar oldida bir umrlik qarzdordir.
“Biz ularning jasorati tufayli erkin yashamoqdamiz”, - ta'kidladi Obama.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish