Jamiyat | 11:58 / 03.09.2015
2263
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek va xitoy kinoijodkorlari hamkorlikda filmlar suratga oladi

XXR Matbuot, nashriyot, kinematografiya, radioeshittirish va televideniye ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi vakillari O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘zbek hamkasblari bilan filmlar ishlab chiqish va ularni tarqatishga oid hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda 7-10 sentabr kunlari Toshkentda Xitoy kinosi kunlarini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qayd etish joizki, o‘zbek kinoijodkorlari bir qator xorij kinomatograflari bilan hamkorlikda ishlash tajribasiga ega. Jumladan, Hindiston, Rossiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar kinoijodkorlari bilan hamkorlikda filmlar suratga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish