Texnologiya | 23:41 / 03.09.2015
3293
1 daqiqa o‘qiladi

Panasonic Yevropadagi uylar uchun akkumulyatorlar sotishni boshlaydi

Panasonic kompaniyasi Yevropada uyda foydalanish uchun quyosh energiyasini to‘plovchi akkumulyator ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Avvalroq Tesla kompaniyasi ham turar-joy uylari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishini e'lon qilgan edi, shuning uchun Panasonic bu kompaniya bilan raqobtlashishiga to‘g‘ri keladi.

Qizig‘i, bugungi kunda Panasonic kompaniyasi Tesla avtomobillari uchun litiy-ionli akkumulyatorlar ishlab chiqarish uchun javob beradi. Ma'lum qilinishicha, yapon kompaniyasi akkumulyatorlari birinchi bo‘lib Germaniyada sotuvga chiqariladi, chunki aynan shu davlat quyosh energiyasidan foydalanishga o‘tishga yaqinroq turibdi.

Bugungi kunda Panasonic tomonidan ishlab chiqarilgan akkumulyatorlar iste'mol qilinayotgan energiyaning 70 foizini qoplashga qodir, biroq kompaniya 100 foizlik ko‘rsatkichga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish