Jahon | 10:20 / 03.09.2015
1677
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Pekinda Venesuela prezidenti bilan uchrashib, neft narxini muhokama qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Ikkinchi Jahon urushi yakunining 70 yilligiga bag‘ishlangan parad va boshqa tadbirlar doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda uning yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi.

Ushakov bergan ma'lumotga qaraganda, Putin birinchi navbatda XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashadi. Shundan so‘ng u Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuv o‘tkazib, neft narxlarining tushishini muhokama qiladi, shuningdek, energetika bozoridagi umumiy vaziyatni ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, u Chexiya prezidenti Milosh Zeman va Laos rahbari Tyummali Saynyason bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish