Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga svetoforlar eksport qilishni boshladi
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Qozog‘istondan yangi svetoforlarni sotib olishni boshladi. Dastlabki partiya 48ta sevtofordan tashkil topdi, deya xabar berdi Kaznex invest rasmiy sayti.
“Ayni paytda mamlakatimizda o‘rnatilgan svetoforlarning 80 foizi “Svetokom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompaniyaning imkoniyatlari yuqori. 2 oycha muqaddam Qirg‘izistonga uyushtirilgan savdo missiyasi doirasida o‘z mahsulotlarimizni namoyish qilgan edik. Natija uzoq kuttirmadi. Ko‘magimiz asosida kompaniya O‘zbekistondagi ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, mahsulotlar Rossiyaning Omsk va Novosibirsk shaharlarida ham namoyish etiladi”, – dedi “KAZNEX INVEST” AJ boshqaruv raisi Askar Arinov.