O‘zbekiston | 14:58 / 03.09.2015
3007
1 daqiqa o‘qiladi

Texnologiyalar transferi agentligi tugatiladi

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi qoshidagi “Texnologiyalar transferi agentligi” davlat korxonasi tugatiladi. Bu vazirlar mahkamasining 28 avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Agentlik 2008 yilda fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish qo‘mitasidan iqtisodiyot vazirligiga o‘tkazilgan edi.

uning asosiy vazifalari ishlab chiqarishga innovatsion loyihalarni joriy qilish, mustaqil ekspertizalar o‘tkazish, ichki amaliyotga innovatsion texnologiyalarni kiritish va moslashtirish singarilardan iborat edi.
Shuningdek, hukumat qarori bilan iqtisodiyot vazirligi markaziy devoni shtati ham kengaytirilib, 150 shtat birligidan 176 shtat birligiga yetkazildi. Vazir o‘rinbosarlari soni 3 nafardan 4 nafarga yetkazildi (birinchi o‘rinbosardan tashqari).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish