Jahon | 20:21 / 03.09.2015
3854
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina xavfsizlik xizmatining 5 generali jinoiy javobgarlikka tortildi

Ukraina harbiy prokuraturasi xavfsizlik xizmatining 5 nafar general-mayorini jinoiy javobgarlikka tortdi. Bu haqda bosh harbiy prokuror, bosh prokuror o‘rinbosari Anatoliy Matios ma'lumot berdi.

“Harbiy prokuraturaning bir yillik faoliyati mobaynida Ukraina xavfsizlik xizmatining 5 general-mayori, shuningdek mudofaa vazirligining 1 nafar general-mayori, 2 admirali va 1 kontr-admirali jinoiy javobgarlikka tortildi. Tashqi razvedka strukturasida esa 3 general-mayor javobgarlikka tortildi”, - dedi Matios.
Shuningdek, hisobot davrida prokuraturaning 2 nafar ishchisi jinoiy javobgarlikka tortilgan.