Jahon | 05:54 / 03.09.2015
2411
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnam o‘z mustaqilligining 70 yilligini nishonladi

2015 yil 2 sentabrda Vetnamda 1945 yil 2 sentabrda Xo Shi Min mamlakatning fransuz mustamlakachilik tartibidan ozod bo‘lishi munosabati bilan mustaqillik deklaratsiyasi va Vetnam demokratik respublikasi tashkil etilganini e'lon qilganiga 70 yil to‘ldi.

2 sentabrda Xanoydagi Badin maydonida Vetnam mustaqilligi kuni va Avgust inqilobidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida harbiy parad va xalq qurolli kuchlari, aholining turli qatlamlarining 30 mingga yaqin vakillari ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vetnam hukumatiga o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

“Rossiya rahbari Vetnamning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishdagi, uning dunyo maydonidagi mustahkam o‘rniga yuqori baho berdi”, deyilmoqda xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish