Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Lena daryosi ustidan o‘tkaziladigan ko‘prik qurilishida ishtirok etishi mumkin
Rossiyaning Yoqutiston respublikasida Lena daryosi ustidan ko‘prik o‘tkazilishi bo‘yicha qurilish loyihasida Xitoy kompaniyalari ham ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida Yoqutiston rahbari Yegor Borisov ma'lumot berdi.
“Biz bu loyiha ustida ko‘pdan buyon ishlamoqdamiz. Hozir uni Xitoy bilan muhokama qilmoqdamiz. Xitoy qiziqish bildirdi, ushbu loyiha realizatsiyasida konsessiya huquqida ishtirok etish niyatini bildirgan bir qancha kompaniyalar ham bor. Hozir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, - dedi Borisov.
Loyiha qiymati 48 mlrd rublga baholanmoqda.