Jahon | 15:44 / 03.09.2015
2531
2 daqiqa o‘qiladi

Yurmala hokimi Samarqand delegatsiyasini mehmonga taklif qildi

Yurmala shahri (Latviya) hokimi Gatis Truksnis Samarqand delegatsiyasini mehmonga taklif qildi. “Turkiston-press” agentligining eslatib o‘tishicha, 2014 yilda Yurmala va Samarqand birodar shaharlar deb e'lon qilingan edi.

Truksnis Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining mehmonidir.
“Samarqandga safarim doirasida shahar hokimi Akbar Shukurov bilan uchrashib, keyingi maqsadlarni kelishib oldik, - dedi Truksnis agentlikka bergan intervyusida. – Shukurov yaqin kelajakda ikki tomonlama biznes doiralarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi.

Bu, menimcha, juda yaxshi tashabbusdir. Shuningdek, biz Samarqand delegatsiyasini Yurmalaga taklif qildik. Bu ayniqsa keyingi yili uyushtirilgani maqsadga muvofiq, axir o‘shanda bizning mashhur “Dzintari” konsert zalimiz 80 yoshga to‘ladi. Yubiley bilan bog‘liq tadbirlarda bo‘lish, ularni biz qanday tashkil qilishimizni ko‘rish qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman”.