Jahon | 10:44 / 04.09.2015
1787
2 daqiqa o‘qiladi

“Transaero” qishga qadar o‘z ishini davom ettiradi

Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasi o‘z amaliy faoliyatini taxminan qishga qadar davom ettiradi. Bu haqda Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov ma'lum qildi.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniya yo‘lovchilar oldidagi barcha majburiyatlarni bajaradi.
Aviatashuvchi kreditorlari o‘zaro kelishib, aviakompaniyaning kelgusi taqdirida bosh kreditor — “Aeroflot”ning rolini ham aniqlab olishadi. Hujjat imzolanganidan so‘ng esa aviatashuvlar bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda, “Transaero”ning yangi faoliyat modeli va rivojlanish istiqbollari belgilab olinadi.

“Transaero”ning sanatsiyasi va uning “Aeroflot” nazorati ostiga o‘tishi bilan bog‘liq jarayonlar yarim yilcha vaqt olishi ta'kidlab o‘tildi.
Vazir, shuningdek, “Transaero”ning “Aeroflot” nazorati ostiga o‘tishi munosabati bilan samolyot chiptalari narxining ko‘tarilishi mumkinligi haqida muddatidan oldin xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentabr kuni Rossiyadagi yirik “Aeroflot” aviakompaniyasi “Transaero”ning 75 foiz va bir dona aksiyasini 1 rublga sotib olayotgani xabar qilingan edi.

Sberbank esa “Transaero”ning sanatsiya bo‘yicha moliyaviy maslahatchisi bo‘ladi.
“Transaero” aviatashuvlar hajmi bo‘yicha Rossiyada ikkinchi o‘rinda turadi. Kompaniya hisobida 106ta samolyot mavjud. 2015 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, kompaniyaning umumiy qarzlari 250 milliard rublga yetib, ularning aksariyati qisqa muddatli kreditlardir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish