Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 sentabr kuni "Salomatlik" poyezdi Qoraqalpog‘istonga yo‘l oladi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda 5-11 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab “Salomatlik” poyezdi yo‘lga chiqadi.
Mazkur xayriya aksiyasi Toshkent-To‘rtko‘l-Miskin-Toshkent yo‘nalishida tashkil etilib, unga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi xodimlari va tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning hamda qoraqalpog‘istonlik malakali shifokorlar jalb etilgan.
Aktsiya davomida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan tashqari, ularga manzilli muruvvat yordamlari ko‘rsatiladi, bepul dori-darmonlar, kiyim-kechaklar tarqatiladi.