Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbedagi otishmada 3 huquq-tartibot xodimi o‘ldirildi
Dushanbe aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan otishmada jinoyatchilar tomonidan 2 nafar maxsus otryad jangchisi va 1 nafar DAN inspektori o‘ldirildi, yana 1 inspektor og‘ir yaralandi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, otishmani uyushtirishda Birlashgan tojik muxolifatining sobiq jangarisi gumon qilinmoqda. Fuqarolik urushidan so‘ng u mudofaa vazirligiga ishga qabul qilingan, lekin yaqinda ishdan bo‘shatilgan edi.
Shuningdek, Dushanbek chetidagi Vahdat tumanida ham otishma sodir bo‘lib, unda 2 nafar militsiya xodimi halok bo‘ldi.