Jahon | 19:35 / 04.09.2015
4144
1 daqiqa o‘qiladi

Dvorkovich: Rossiya neftni har qanday narxda sotishga tayyor

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Amerikaning CNBC telekanali bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Rossiya neftni har qanday narxda sotishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

“Albatta, biz uchun neftning bir barreli uchun eng maqbul narx — 80-90 dollar atrofida bo‘lganidir. Lekin uning barrelini 50-60 dollardan sotishga ham tayyormiz. Biz o‘z xarajatlarimizni optimizatsiya qilishga majbur bo‘lamiz, biroq bizni shu narx ham qoniqtiradi”, – dedi Dvorkovich.

Yanada aniqroq aytganda, Dvorkovich Rossiyada neft qazib olish hajmini kamaytirish rejasi yo‘qligini va “neftni har qanday narxda sotishga” tayyor ekanini ma'lum qildi.