Jahon | 09:03 / 04.09.2015
2094
2 daqiqa o‘qiladi

Guantanamo mahbuslari Obamaning prezidentlik muddati tugaguniga qadar Janubiy Karolinaga ko‘chirilishi mumkin

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha 2016 yilni so‘ngiga qadar, ya'ni Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagunicha Kubaning Guantanamo harbiy-dengiz bazasidagi dunyoning turli qismlarida terrorchilik aybi bilan kishan qilinib, sudsiz va muddatsiz hibsda saqlanayotgan mahbuslarni boshqa joyga ko‘rish hamda Guantanamo qamoqxonasini yopish uchun barcha choralarni ko‘radi. Bu haqda jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifing chog‘ida Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, mazkur topshiriq shaxsan prezident tomonidan yuklatilgan bo‘lib, keyingi prezidentlik muddatiga qadar qamoqxonani yopish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi zarur.

Buning uchun dastlab mahalliy aholi xavfsizligiga tahdid solmaydigan, mahbuslarni saqlash uchun maqbul joyni topish lozim. Shuningdek, Pentagon xodimlari mos kompleksni saralash vaqtida uning ko‘chirilish qiymatini baholab chiqishmoqda. Ana shunday obektlardan biri Janubiy Karolina shtatining Charlston shahrida joylashgan.

Bundan avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest Barak Obama Guantanamo bazasidagi qamoqxonani yopish borasidagi barcha imkoniyatlarni “keng spektrda” ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish