Sport | 09:59 / 04.09.2015
1928
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin US Open turnirining uchinchi davrasiga o‘ta olmadi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yilning to‘rtta nufuzli turniridan biri, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining (US Open) yakkaligidagi ishtirokini yakunladi.

U ikkinchi davra uchrashuvida dunyoning 20-raketkasi avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi.

Dominik Tim birinchi va ikkinchi setlarda 6:4, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozondi. Uchinchi setning birinchi geymidan keyin esa Istomin jarohati tufayli bahsni davom ettira olmadi.

Qayd etish kerakki Denis Istomin turnirning juftlikdagi ishtirokinm davom ettirmoqda. U birinchi davrada o‘z sherigi belaruslik Aleksandr Buriy bilan birgalikda Yanko Tipsarevich va Radu Albot juftligini mag‘lub etgandi.

US Open tennis musobaqasi Nyu-Yorkdagi Milliy tennis markaziy kortlarida o‘tkaziladi. Musobaqa ikki hafta davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish