Jamiyat | 17:40 / 04.09.2015
2717
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda avtomobillarda harakatlanish bir kun davomida taqiqlanadi

Fransiya poytaxti Parij shahri ekologiyasini yaxshilash maqsadida bir kun davomida avtomobillar harakati to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Mashable.

Aktsiya 2015 yilning 27 sentabr kuni soat 11:00dan 18:00ga qadar davom etadi. “Mashinalarsiz Parij” ekologik harakatining mazkur tadbirni o‘tkazish tashabbusi shahar meri Anna Idalgo tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Avtomobillarsiz kun shaxsiy avtotransportlardan voz kechishni targ‘ib qiluvchi Yevropa jismoniy harakatchanlik haftaligining davomi bo‘lishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, aksiya vaqtida ayrim transport vositalari uchun shahar bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi. Masalan, favqulodda xizmatlar avtomobillari va taksilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish