Jahon | 15:25 / 04.09.2015
4943
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Ukrainaning “tashqaridan boshqarilishi”ni xalq uchun haqorat deb baholadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada muhim davlat lavozimlarining chet elliklar tomonidan egallanishini ushbu mamlakat xalqi uchun haqorat deb baholadi. Bu haqda u Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida bayonot berdi.

“Ilgari ham aytganimdek, Ukrainani tashqi boshqaruvga o‘tkazib qo‘yishdi. Hukumatdagi barcha asosiy lavozimlar, asosiy viloyatlardagi bosh mansablarni ham chet elliklar egallab oldi. Men buni ukrain xalqi uchun haqorat deb hisoblayman”, - dedi u.
“Nima, Ukrainada oliyjanob, halol va savodli boshqaruvchilar yo‘qmi? Albatta bor”, - ta'kidladi Putin.
Ukraina bundan keyin qanday yo‘ldan rivojlanishi haqidagi savolga javob berarkan, Rossiya yetakchisi bu Ukrainaning o‘ziga bog‘liq ekanligini e'tirof etdi.

Shuningdek, u Ukraina bilan bog‘liq boshqa bir qator masalalarga, jumladan, konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Bu o‘zgartishlar hokimiyat uchun kurashni o‘tkirlashtirish uchun qo‘llanmoqda. Mamlakat kelajagi uning xalqi bu tartibsizlikka qancha chidashiga bog‘liq”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish