Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada rubl devalvatsiyasi tufayli pora summasi 3 barobarga oshib ketdi
Rossiyada korrupsiyaning o‘sishi korruptsion aylanmaning YaIMning 54 foiziga tenglashishiga olib keldi. Ilgarigi “rekord” 52.6 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2012 yilda qayd qilingan edi. Bu haqda “Toza qo‘llar” Butunrossiya aksilkorruptsion jamoat qabulxonasining hisobotida aytildi.
“Korrupsiya darajasining o‘sishiga iqtisodiy inqiroz, iqtisodiyotni nazorat qilishga, so‘z va jamot tashkilotlari faoliyati erkinligini cheklashga qaratilgan qonunlarning qabul qilinishi munosabati bilan davlat organlarida byurokratiya darajasining oshishi ham ta'sir qildi, - deyiladi hisobotda. – Poraxo‘r inqiroz sharoitida jamoatchilik oldida javobgarlikdan qochish imkoniyatiga ega bo‘ldi, jamiyatning qo‘lidagi davlat institutlarini nazorat qilish mexanizmlari qisqardi, bu korrupsiyaning o‘sishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratib berdi”.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, o‘rtacha pora narxi mamlakatda hisobot davrida 3 barobarga oshgan – 218 ming rubldan 613 ming rublga yetgan. Bu o‘sish asosan rubl devalvatsiyasi bilan bog‘liq, negaki dollarda beriladigan pora narxi faqat 40 foizga oshib, 9.44 ming dollarni tashkil qilgan.