Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni oktabrda AQSh va Yevropadagi mijozlariga neft narxini arzonlashtiradi
Saudiya Arabistoni oktabrda AQSh va Shimoli-G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi mijozlariga neft narxini arzonlashtirishni rejalashtirmoqda, deb Saudi Aramco davlat kompaniyasi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Xususan, AQSh va yevropalik mijozlar uchun Saudiya Arabistoni nefti bir barreli uchun sentabrdagi narxiga nisbatan 0,5–0,9 dollarga arzonlashadi. Bunda Heavy markasidagi “og‘ir” neft ko‘proq arzonlashadi. Oktyabrdan uning narxi Brent markasidagi neftning o‘rtacha narxidan 7,35 dollar arzonroq bo‘ladi.
AQShlik xaridorlar uchun Light va Heavy neft markasi bir barreli uchun 0,6 dollarga arzonroq bo‘ladi. Oktyabrda Light nefti ASCI indeksidan 0,95 dollarga qimmatroq, Heavy nefti esa ushbu indeksdan 0,95 dollarga arzonroq bo‘ladi.