Jahon | 18:25 / 04.09.2015
2060
1 daqiqa o‘qiladi

TASS va “Rossiya segodnya” agentliklari birlashtirilishi mumkin

4 sentabr kuni TASS va “Rossiya segodnya” agentliklari birlashtirilishi ma'lum qilindi. Bu haqda agentlik xodimlari xabar berdi.

Agentliklarning uyg‘unlashuv jarayoni 1-2 oy davom etadi. Rasman bu narsa e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, bo‘lim boshliqlari o‘rtasida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.
O‘z vaqtida bu haqda “Exo Moskvy” radiosi boshlig‘i Aleksey Venediktov Twitter’dagi sahifasida yozgan edi.

Shuningdek, u “Rossiya segodnya” Margarita Simonyan NTV telekanaliga ketishini xabar qilgan edi. Lekin Simonyan ushbu gap-so‘zlarni inkor qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish