Jahon | 00:08 / 04.09.2015
6086
1 daqiqa o‘qiladi

The Times: Suriya armiyasi janglari haqidagi reportajlarda rus nutqi eshitilmoqda

The Times nashri jurnalistlarining aytishicha, ular Suriya armiyasi janglari haqidagi uch daqiqalik reportajda rus nutqini aniqlashgan.

Reportajda, shuningdek, Rossiya armiyasiga 2013 yilda qurollanishga olingan BTR-82A bronetransportyorini ko‘rish mumkin. Bu bronetransportyor avval Suriyaga yetkazib berilmagan. Kadr ortida ruschada berilayotgan: «Davay, bystreye!» (“Tezroq bo‘l”), «Xodu!» (“Yura qol”), «Yeshche raz! Povtori!» (Yana bir marta! Takrorla!) va «Pavlin, Pavlin, my vydvigayemsya» (“Pavlin, biz oldinga surilmoqdamiz”) degan buyruqlarni eshitish mumkin.

Isyonchi guruh faoli nashrga rossiyalik jangchilar anchadan beri jang hududlarida harakat qilayotganlari va oxirgi paytlarda rus kontingenti kuchayganini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek ma'lum qilinishicha, Suriyada rossiyalik harbiylarning mavjudligi haqida ma'lumot borligiga qaramasdan, ularning jang harakatlarida ishtirok etayotganlari kuzatilmagan edi.