Jahon | 09:16 / 04.09.2015
5564
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston birinchi marta harbiy dengiz kuchlari garnizonini yaratadi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat qurolli kuchlari harbiy dengiz garnizonini yaratish haqidagi qarorni imzoladi.
“Betaraf vatanimiz tarixida birinchi marta harbiy dengiz kuchlari garnizoni yaratiladi, ular vatanimiz dengiz jabhalarini mudofaa qiladi”, - deb ta'kidladi mamlakat rahbari.

2010 yili mamlakatda “2015 yilgacha Turkmaniston qurolli kuchlari harbiy dengiz kuchlarini rivojlantirish dasturi” qabul qilingan edi. Shu dastur asosida 5 yil davomida harbiy dengiz kuchlari yaratildi. 2011 yildan buyon mamlakatda harbiy dengiz kuchlari kuni nishonlanib kelinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish