Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Real” futbol jamoasi Ispaniyadagi qochqinlar uchun 1 mln yevro ajratadi
Madridning “Real” futbol jamoasi Ispaniyadan boshpana topgan qochqinlarga moddiy ko‘mak sifatida bir million yevro ajratadi. Bu haqda jamoaning rasmiy veb saytida ma'lum qilindi.
“Real” rahbariyati klub prezidenti Florentino Peresning Ispaniya hukumati rahbari Mariano Raxo bilan bo‘lib o‘tgan suhbatidan so‘ng shunday qarorga keldi.
“Mazkur qaror urush va o‘lim tufayli o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilindi”, – deyiladi jamoa xabarida.
Shuningdek, komissiya qarorida “Real"ga tegishli bo‘lgan bir qator obektlar Ispaniyadagi qochqinlarni joylashtirish uchun ajratilishi ham belgilangan.
Ayni paytda Yevropada muhojirlar inqirozi ro‘y bermoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yil boshidan buyon Yevropa Ittifoqining 28ta mamlakatiga 400 ming nafardan ziyod kishi qochqin maqomini so‘rab murojaat qilgan. Noqonuniy muhojirlar oqimi esa 1 mln nafardan ortgan. Shuningdek, 2,7 ming qochqin Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan Yevropaga turli yo‘llar bilan o‘tishga urinish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.