Jahon | 22:05 / 05.09.2015
3045
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning Tojikistondagi elchixonasi 8 sentyarbdan o‘z ishini qayta boshlaydi
AQShning Tojikistondagi elchixonasi 8 sentyarbdan o‘z ishini qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda elchixonaning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilindi.
Elchixona Dushanbe va Vaxdatdagi bir qator teraktlar oqibatida yopib qo‘yilgan edi.
“Tojikiston hukumati kechagi hujumlardan keyin tergovni davom ettirmoqda va xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Ayni paytda vaziyat tinch bo‘lishiga qaramasdan, elchixona mamlakatdagi AQSh fuqarolariga hushyor bo‘lish va odamlar gavjum bo‘ladigan joylarga bormaslikni qat'iyan tavsiya qiladi”, deb aytilmoqda xabarda.
Avvalroq AQShning Tojikistondagi elchixonasi mamlakatdagi teraktlar sababli o‘z ishini noma'lum muddatga to‘xtatgani ma'lum qilingan edi.