Sport | 23:19 / 05.09.2015
3260
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyubaning goli Rossiyaga Shvetsiya ustidan g‘alaba olib keldi

2016 yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichida G guruhining 7-turida Rossiya terma jamoasi Moskvadagi “Otkrytiye Arena” stadionida Shtsetsiya terma jamoasi bilan uchrashdi hamda minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 38-daqiqada Igor Smolnikovning uzatmasidan keyin Artyom Dzyuba deyarli bo‘sh darvozaga kiritdi.

Shu tariqa Leonid Slutskiy Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi. Ushbu yutuq evaziga Rossiya terma jamoasi 2-o‘rinda borayotgan Shvetsiya bilan o‘rtadagi farqni 1 ochkogacha qisqartirdi.
Rossiya terma jamoasi keyingi uchrashuvini 8 sentabrda mehmonda Lixtenshteyn terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Yevro-2016. Gruppa G. 7-tur
Rossiya – Shvetsiya – 1:0
Gollar: Dzyuba, 38 (1:0).
Ogohlantirishlar: Dzagoyev, 34; Kuzmin, 82 – Vernblum, 52.