Jamiyat | 07:14 / 05.09.2015
4946
1 daqiqa o‘qiladi

Gorilla bolasi hayvonot bog‘ida bola bilan bekinmachoq o‘ynadi

Youtube portali foydalanuvchilariga AQShning Ogayo shtatidagi Kolambus hayvonot bog‘ida tasvirga olingan video xush kelmoqda.

Videoda gorilla bolasi hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan bola bilan bekinmachoq o‘ynagani tasvirlangan. Videodan bola va maymunning barcha harakatlari tabiiyligini va o‘yin qoidalari ikkalovlariga ham tushunarli bo‘layotganligini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilarning ta'kidlashlaricha, aynan maymun bolakayni o‘yinga chorlagan.
Videoni bolaning onasi tasvirga olib, portalga joylashtirgan. Bir hafta ichida video 1,5 mln marta namoyish qilindi. Unga 3 mingdan ko‘proq foydalanuvchi o‘z izohini qoldirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish