Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya sohilbo‘yida muhojirlar oilasiga tegishli yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi
Gretsiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati muhojirlar oilasiga tegishli yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadini topdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Qayd etilishicha, bolaning ota-onasi Agatonision oroliga chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, topilgan chaqaloq yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan, biroq u yerda bolaning o‘lgani qayd etilgan.
Bundan avval Turkiyaning Bodrum kurort shahri sohilida uch yashar bolaning jasadi topilgani ma'lum qilingandi. Bola Suriyaning Kobani shahridan kelayotgan muhojirlar bo‘lgan to‘ntarilib ketgan qayiqda o‘z ota-onasi va akasi bilan kelayotgan bo‘lgan. Shuningdek, bolaning onasi va akasi ham halok bo‘lgan.