O‘zbekiston | 16:29 / 05.09.2015
3180
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya O‘zbekistonda yana bitta klinika quradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi klinika qurilishi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Li Uk-Xyon ma'lum qildi.
Uning aytishicha, ushbu loyiha sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.

“Ayni paytda shifokorlarning malakasini oshirish va epidemik kasalliklarga qarshi kurash sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Toshkentda bolalar uchun shifoxona qurilmoqda, kattalar uchun klinika qurilish borasida muzokaralar ketmoqda”, - dedi u “Jahon” agentligiga bergan intervyusida.
Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Li Uk-Xyonning aytishicha, ikki davlatning iqtisodiy munosabatlari samarali rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay, uning fikricha, Ustyurtdagi misol yirik loyihalar olib borish ikki mamlakat uchun ham manfaatli bo‘ladi.

“Bu sohadagi muvaffaqiyatli hamkorligimizning yorqin misoli Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo kompleksining qurilishi bo‘ldi, - dedi u. – Muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun bu kabi yirik loyihalar ustida ishlashni davom etishimiz lozim”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish