Jahon | 22:25 / 05.09.2015
4920
1 daqiqa o‘qiladi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida Tojikistondagi teraktlar bandit olishuvlari deb aytildi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida Tojikistonda militsiya xodimlari va harbiylarning o‘limiga olib kelgan 4 sentabrda yuz bergan noxush voqealar banditlar olishuvi deb aytildi. Bu haqda KXShT kotibiyati bergan izohda aytilmoqda. 

“Tojikistondagi fojiali voqealar tufayli KXShT kotibiyati Dushanbedagi vaziyatni kuzatmoqda hamda bu vaziyatni Tojikistonning ichki ishi deb hisoblamoqda. Shak-shubhasiz bu banditlik olishuvlari bo‘lib, afsuski bunday holat nafaqat Tojikistonda, balki boshqa davlatlarda ham kuzatilmoqda. KXShT kotibiyati OAVlarga halok bo‘lganlar, jarohat olganlar va bosqinchilar, fojiali voqealarning detallari haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Buni faqatgina Tojikiston rasmiy hukumati qilishga haqli”, deyilmoqda hujjatda.

KXShTda Tojikiston huquq-tartibot muassasalari va kuchishlatar tuzilmalari avvallari kuzatilganidek kabi bu vaziyatni ham o‘nglay olishlariga ishonch bildirildi.