Jahon | 10:27 / 05.09.2015
1816
1 daqiqa o‘qiladi

Kosta-Rikada poyezdning avtobus bilan to‘qnashuvida 30 kishi jabrlandi

Kosta-Rika poytaxti San-Xoseda yo‘lovchi avtobusining poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 30dan ortiq odam jarohatlandi. Qutqaruv xizmatlari xodimlarining ma'lum qilishicha, ular orasida homilador ayol va bolalar bo‘lgan.

Ikki kishi og‘ir ahvolda.
YTH Kuba tumanidagi chorrahada sodir bo‘ldi. Nación gazetasida chop etilgan rasmlardan ma'lum bo‘lishicha, poyezd avtobusning o‘rtasiga kelib urilgan. Sostav relsdan chiqib ketmagan.
Taxmin qilinishicha, YTHda avtobus haydovchisi aybdor: u ogohlantirish signallariga e'tibor bermay, temir ustidan tezroq o‘tib ketishga harakat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish