Sport | 16:31 / 05.09.2015
4704
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston boks terma jamoasi Bangkokdagi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bugun, 5 sentabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslari o‘z nihyaosiga yetdi. Unda bahslarga yo‘l olgan 10 sportchining 8 nafari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Jumladan, Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Hasanboy Do‘smatov oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Shuningdek, final bahslarida Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Fazliddin G‘aipnazarov (-64 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To‘laganov (-91 kg) kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Elnur Abdurimov esa -60 kg vazn toifasida bronza medali bilan kifoyalandi.
Shunday qilib, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin va 5ta kumush va 1 bronza medalini jamg‘arib, umumjamoa hisobida Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.