Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda “Ovul” xalq vatanparvarlik partiyasi tashkil etiladi
Qozog‘istonda bugungi kunda faoliyat yuritib kelayotgan Qozog‘iston vatanparvarlari va “Ovul” sotsial-demokratik partiyalari negizida yangi “Ovul” xalq vatanparvarlik partiyasi tashkil etilishi e'lon qilindi. Bu haqda BNews.kz nashri xabar bermoqda.
Bunday qaror ikki partiyaning 5 sentabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyalarida qabul qilindi.
E'lon qilingan bayonotda aytilishicha, ikki partiyaning birlashishi ularning ishiga turtki bo‘ladi, shuningdek, partiya tashkilotlarining yirik vazifalarni bajarishga jalb qilinishiga imkon yaratiladi.