Tojikiston Mudofaa vazirligi 25 harbiy halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi
Tojikiston Mudofaa vazirligi mamlakatda 4 sentabrda yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida ba'zi OAVlar orqali tarqatilgan 25 harbiy halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari Faridun Maxmadaliyev aytib o‘tdi.
Maxmadaliyevning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi qurollangan guruh tomonidan uyushtirilgan terrorchilik hujumi davomida harbiylardan hech kim jabrlanmagan.
“Tojikiston huquq-tartibot tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan va bugun ham davom etayotgan maxsus operatsiyada harbiylar ishtirok etmadi”, deb aytmoqda Maxmadaliyev.
Avvalroq hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 nafarga yetgani – Tojikiston IIV va Mudofaa vazirligining 33 nafar xodimi hamda 9 terrorchi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.