Jahon | 18:11 / 05.09.2015
5325
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina G7dan Rossiya gazini sotib olishda yordam so‘ragani aniqlandi
Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Yettilik davlatlariga murojaat qilib, Rossiyadan tabiiy gaz sotib olishni moliyalashtirishni so‘ragan. Bu haqda TASS muxbirlariga ma'lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, yozilishicha, ushbu murojaatga hozircha biror javob berilmagan.
Yareskoning G7 moliya vazirlari bilan muzokaralari Anqarada bo‘lib o‘tmoqda. U yerda 4-5 sentabr kunlari “Katta yigirmalik” moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.