Jamiyat | 13:27 / 06.09.2015
10845
2 daqiqa o‘qiladi

“Matritsa” filmi prodyusserlari Muhammad Payg‘ambar haqida film olishadi

Qatarning “Alnoor Holdings” media-guruhi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi film suratga olish bo‘yicha tayyogarlik ishlari boshlanganini e'lon qildi. Qatarda suratga olinishi rejalashtirilgan mazkur film byudjyeti 1 milliard dollar. Bu film rekord summa sarflangan “Harri Poter”, “Uzuklar hukmdori”, “Avatar” singari filmlar qatoriga kirishi kutilmoqda.
Ushbu 7 qismli film loyihasida “Uzuklar hukmdori”, “Matritsa”, “Cho‘qintirgan ota” singari filmlarning prodyuseri Barri Osborn ham ishtirok etmoqda. Septologiyaning birinchi filmi 2018 yilda katta ekranlarga chiqariladi.
“Alnoor Holdings” media-guruhining ijrochi prodyusseri doktor Azahar Iqbolning ta'kidlashicha, loyihaga turli mamlakatlardan 200 nafardan ortiq ekpertlar, olim va yozuvchilar jalb qilingan bo‘lib, ular Rasuli Akram (s.a.v) haqidagi 7 qismli filmning har tomonlama mukammal bo‘lishi ustida ish olib borishmoqda.
Alohida jihati shundaki, qoidaga muvofiq, payg‘ambarimiz tasvirlari ko‘rsatilmaydi. Biroq murakkab grafikalarga boy bo‘lishini va'da qilishmoqda, deb yozadi muxlis.uz portali.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish