Sport | 11:28 / 06.09.2015
2330
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Nedorezov: Barcha bolalar optimal formada

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Aleksandr Nedorezov O‘zbekiston sport kurashi uyushmasi matbuot xizmati Las-Vegasda o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni qanday kechgani haqida gapirib berdi.
“Jamoamizda ham tajribali, ham yosh kurashchilar bor. Mahmudjon Shavkatovni alohida tilga olish mumkin, u o‘tgan yili yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Las-Vegasdagi turnir uning kattalar jamoasidagi debyuti bo‘ladi. Ammo, yoshidan qat'iy nazar, barcha sportchilarimizga eng yuqori talablarni qo‘ymoqdamiz”, - dedi mutaxassis.
“5 nafar kurashchilarimizning har biri optimal formada, turnir boshlanguniga qadar ular o‘z ustilarida yana ishlashadi”, - qo‘shimcha qildi Nedorezov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish