Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:46 / 06.09.2015
2007
1 daqiqa o‘qiladi
BAAda Yamanga gumanitar yordam ko‘rsatish kampaniyasi 136 mln dollar to‘pladi
BAAda Yaman xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan umummilliy kampaniya davomida bir hafta ichida 136 mln dollar mablag‘ to‘plandi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar bermoqda.
Eng yirik ehson hajmi 300 mln dirhamni yoki 82 mln dollarni tashkil qildi. Bu pulni BAAda Qizil yarim oy jamiyati raisi shayx Hamdon bin Zayd ehson qildi.
Pul yig‘ish bir oy davom etadi. Buning uchun mamlakat bo‘ylab 200dan ortiq ehson qabul qilish markazlari tashkli etilgan. Shuningdek, banklarda bir qancha hisob raqamlari ochilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish