Sport | 16:21 / 06.09.2015
5221
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Xalqaro kurash kuni

Bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam — 1998 yilning 6 sentabr kuni Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga asos solingan edi. Shundan so‘ng milliy sport turi hisoblangan kurash yildan-yilga o‘z nufuzi va qamrovini oshirib, dunyoga tanilib bordi. Dunyoning barcha qit'alarida, ko‘plab mamlakatlarda kurash federatsiyalari tashkil etildi. Yuzlab nufuzli xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Bugungi kunga kelib jahonning 122ta davlatida kurash federatsiyalari faoliyat olib borib, mazkur mamlakatlarda minglab kurashchilar yetishib chiqmoqda.


Kurashning sport turlari orasida o‘z o‘rnini topib, dunyo miqyosida tobora shuhrat qozonib borayotgani, har yili 6 sentbr sanasida Xalqaro kurash kunining nishonlanayotgani ko‘nglimizga bir olam faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etadi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasining bayrog‘i yana ko‘plab sport majmualari uzra hilpirab, o‘zbekcha “halol”, “chala”, “yonbosh” singari so‘zlar yangrayversin, barchamizda ushbu sana muborak bo‘lsin!
Kun.uz sayti tahririyati