Jahon | 09:47 / 06.09.2015
3863
1 daqiqa o‘qiladi
Chexiya mamlakatda Rossiya razvedkasi faol ishlayotganini aytdi
Chexiya mamlakatda Rossiya razvedkasi faol ishlayotganini aytdi. Bu haqda Chexiya axborot va xavfsizlik xizmati yillik hisobotiga tayangan holda Deutsche Welle nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Chexiyada Rossiya razvedkasi zobitlari juda ko‘p, ular mamlakatning energetik kompleksi va ilmiy-texnik sektori haqida axborot to‘plab boradi.
Hisobot mualliflarining fikricha, Chexiya va YeIning boshqa davlatlaridagi rusparastlar propagandasi nafaqat ushbu mintaqa birligiga va NATOga qarshi qaratilgan. Rossiya 1919 yili tashkil etilgan Kominternni qaytadan jonlantirmoqchi.