Jamiyat | 08:58 / 06.09.2015
2830
1 daqiqa o‘qiladi
Eldar Ryazanov yurak xuruji tufayli shifoxonaga yotqizildi
Rossiyalik taniqli rejissyor Eldar Ryazanov yurak xuruji tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.
Aytilishicha, 87 yoshli rejissyor bo‘g‘ilib qolayotganini ko‘rgan qarindoshlari tez yordamni chaqirishgan. Uni ko‘rikdan o‘tkazgach, tez yordam brigadasi rejissyorni Moskvadagi klinikalardan biriga yotqizishga qaror qilgan. Ryazanovda yurak xuruji aniqlangan.
Ryazanov bundan muqaddam ham og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.