Jahon | 12:25 / 06.09.2015
4012
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada qadimiy masjid qoldiqlari topildi

Arxeologlar Berlinning chekka hudududidan 1915 yilda qurilgan eski masjid qoldiqlarini topishdi. Germaniyadagi bu ilk masjid 1925 yil 4 ming nafar musulmon harbiy asirlar uchun qurilgan. Ular birinchi jahon urushi paytida frontning sharqiy va g‘arbiy qismida asir tushganlar. Yog‘ochdan qurilgan masjid minorasi 23 metr. Qazish payti simlar, qubbani mustahkamlash vazifasini o‘tagan temir boltlar va masjid oynasining parchalari topilgan.
Arxeologlarning aytishlaricha, masjid insonlar e'tiqodiga hurmat nuqtai nazaridan qurilmagan. Balki keyinchalik harbiy inshoot sifatida foydalanish maqsad qilingan.

Manba: muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish