Jahon | 22:16 / 06.09.2015
2499
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada umumiy saylovlar boshlandi

Gvatemalada mamlakatning sobiq prezidenti Otto Peres Molinaning hibsga olinishi va shov-shuvli korruptsion mojaro ortida umumiy saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Saylovlar uchun Gvatemalaning oliy saylov tribunali tomonidan ochilgan saylov uchastkalariga 7,5 mln kishi tashrif buyurishi mumkin. Mamlakat rahbari lavozimi uchun saylovlarda hammasi bo‘lib 14 nomzod ishtirok etmoqda, biroq tahlilchilarning fikricha, ulandan faqatgina 3 nafaridagina g‘alaba uchun jiddiy imkoniyatlar mavjud.

Saylovchilarning 25 foizga yaqini o‘ng huquqiy milliy konvergentsiya vakili, sobiq komik aktyor Jimmi Moralesga ovoz berishga tayyor. “Yangilangan demokratik partiya” o‘ng sentristik partiyasi nomzodi Manuel Baldison 23 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Sotsial-demokratik milliy umid ittifoqi nomzodi Sandra Torresni 18,5 foiz aholi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish