Jamiyat | 15:26 / 06.09.2015
6498
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda atlas bayrami o‘tkaziladi

Marg‘ilon shaxrida 12-13 sentabr kunlari “Atlas bayrami” milliy matolar festivali o‘tkaziladi.
Ushbu bayram Marg‘ilon shahar xokimligi tashabbusi bilan YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi YuNeSKO ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Halq ustalari,musavvirlari va xunarmandlari "Xunarmand" uyushmasi, Germaniyaning O‘zbekistondagi DVV tashkiloti xamkorligida o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida turli xildagi atlas matolari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish