Sport | 11:25 / 06.09.2015
4656
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi shveysariyalik xalqaro sport ustasini yengdi

Xanti-Mansiyskda (Rossiya) o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 4-turi doirasida O‘zbekiston vakili Vohidov Shamsiddin shveysariyalik xalqaro sport ustasi Georgiadis Niko ustidan g‘alaba qozondi.
5-turda 13 yoshli Vohidov xitoylik 16 yoshli Vai Jinshi bilan bahs olib boradi. Har ikki shaxmatchi ayni paytda 3 ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Magichess.uz saytining xabar qilishicha, eng ko‘p ochkoni armanistonlik Karen Grigoryan va rossiyalik Mixail Antipovlar to‘plagan. 6 sentabr kuni ular bir-biriga qarshi bahs olib boradi.