Jahon | 17:08 / 06.09.2015
2665
1 daqiqa o‘qiladi

Senegal sharqida tibbiy samolyot g‘oyib bo‘ldi

Burkina-Fasodan Dakarga parvozni amalga oshirayotgan tibbiy samolyot Senegal sharqida g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Senegal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma'lumotlariga qaraganda, samolyot Uagaduguda joylashgan Senegalair xususiy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U shanba kechasi Senegal poytaxtidan 118 km g‘arbda radaorlardan g‘oyib bo‘lgan.
Samolyotning qidiruv ishlarida qurolli kuchlari guruhlari ishtirok etmoqda.