Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:07 / 06.09.2015
3107
1 daqiqa o‘qiladi
Shanxay universitetida o‘zbek tili kafedrasi ochiladi
Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida (SHISU) shu o‘quv mavsumida o‘zbek tili kafedrasi ochiladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi universitet saytidagi ma'lumotga tayangan holda ma'lum qildi.
Aytilishicha, 2005 yili Toshkentda, 2014 yili esa Samarqandda Konfutsiya institutlari ochilishi, 2013 yilda Shanxayda O‘zbekiston tadqiqotlari markazining ochilishi o‘rtadagi hamkorlik natijasi bo‘ldi. Ushbu hamkorlikning davomi o‘laroq mashhur universitetda o‘zbek tili o‘rgatila boshlanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish