Iqtisodiyot | 12:15 / 06.09.2015
2071
1 daqiqa o‘qiladi

Standard Chartered boshqaruvchi lavozimlar sonini qisqartiradi

Standard Chartered Plc xolding kompaniyasi oliy bank lavozimlarini 25 foizga qisqartiradi. Bu ijrochi direktor Bill Uintersning bir yil oldingi daromad darajasiga qaytish borasidagi rejasi asosida amalga oshiriladi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.
Kompaniyaning mingdan ortiq boshqaruvchi direktorlaridan 250 nafari qisqartirilishi kutilmoqda. Bu 250 kishining 50 nafari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada faoliyat yuritmoqda.
Qisqartirish sentabr oyida boshlanishi aytilmoqda. Ish o‘rnidan ajraladigan xodimlarga ularning malakasiga muvofiq boshqa lavozimlar taklif etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish