Jahon | 12:44 / 06.09.2015
2032
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand islohot kengashi yangi konstitutsiya loyihasini rad qildi

Tailand islohotlar bo‘yicha milliy kengashi yangi konstitutsiya loyihasini rad qildi. Bu haqda mahalliy matbuot orqali xabar qilindi.
Kengash delegatlarining 135 nafari loyihaga qarshi ovoz berdi, 100 nafari loyihani yoqladi. Loyiha mamlakatning harbiy hukumati tomonidan taqdim etilgan edi. Kengash loyihani qabul qilishi kutilayotgan edi.
Kengash konstitutsiya loyihasini demokratiya prinsiplariga zid deb topdi, negaki u “milliy inqiroz” holatida favqulodda harbiy organni chaqirib, hukumat vakolatlarini unga topshirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, kengash qarori harbiy hukumat vakolatlarining yana 6 oyga uzayishiga va demokratik saylovlarning noma'lum muddatga qoldirilishiga olib keladi. Ekspertlarning fikricha, mamlakatda saylovlar 2017 yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish